O‘zbekiston | 13:00 / 13.12.2017
26326
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik deputat o‘zbekistonlik fermerlar suv uchun pul to‘lashini istamoqda

Foto: National Geographic Rossiya

Qirg‘iziston parlamentida 12 dekabr kuni Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi Jalolobod viloyatining Ola-Bo‘ka tumanida joylashgan Kosonsoy suv omboridan (O‘rtato‘qay) davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiyasi muhokama qilindi. Hujjat birinchi o‘qishda ma'qullandi.

24.kg xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vaziri Nurbek Murashev O‘zbekiston tomoni suv omboridagi suvning 92 foizini olishi mumkinligini aytgan. Kelishuvga ko‘ra, suv omborini boshqarish to‘lig‘icha Qirg‘iziston suv xo‘jaligi Departamenti ixtiyoriga o‘tadi.

Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, obektlarni ta'mirlash ishlari uchun xarajatlar Qirg‘iziston tomonidan qoplanadi.

«Suvdan foydalanish bo‘yicha har ikki tomon ishtirokida komissiya tashkil etiladi. Suv omboridagi yillik xarajatlar miqdori 16-20 million somni tashkil qiladi. O‘zbekiston tomoni ushbu mablag‘ni Qirg‘iziston suv xo‘jaligi Departamenti hisobiga o‘tkazib beradi», degan Murashev.

«Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi deputati Kenjyebek Bokoyev esa bu yetarli emasligini aytgan. Uning fikricha, o‘zbekistonlik fermerlar suv omboridagi suvdan foydalangani uchun alohida pul to‘lashi kerak. Vazir ushbu masala yana ko‘rib chiqilishini va'da qilgan.

Mavzuga oid