Neymar yana qiliq ko‘rsatmoqda

© AP Photo
«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya Ligasi Kubogi doirasida «Strasbur»ga qarshi kechadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Parijliklar jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri ma'lum qilishicha, 25 yoshli forvard oilaviy masala tufayli Braziliyaga yo‘l olgan.
«Shanba kuni ertalab u menga qo‘ng‘iroq qildi va qandaydir oilaviy ishi chiqib qolganini aytdi. U mendan Braziliyaga ketishga ruxsat so‘radi, aytishicha, bu uning uchun juda muhim emish», – deya Emerining so‘zlarini keltirgan ESPN.
U ayni vaqtda Parijga qaytib kelgan, ammo «Strasbur»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan. Yuri Berchiche esa diskvalifikatsiya tufayli maydonga tushmaydi.
Shuningdek, ushbu o‘yinda jamoa himoyachilari Tiago Silva va Leven Kurzava, xavbeklar Adriyen Rabo va Tiago Motta ham jarohat tufayli o‘ynamaydi.
«Strasbur» – «PSJ» uchrashuvi 13 dekabr kuni o‘tkaziladi. Biroz avvalroq, chempionat doirasida ham ushbu jamoalar uchrashgandi va o‘shanda parijliklar mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olishgandi.
Shu yilning yozida 222 million yevro evaziga Parijga kelgan Neymar «Barselona»ning o‘yinlarini ham bir necha marta qarindoshlarining tug‘ilgan kunlariga ketgani uchun o‘tkazib yuborgandi. Qolaversa, u «PSJ»da jamoadoshlari va murabbiy bilan yaxshi munosabatlar o‘rnata olmayapti. Ayni vaqtda unga «Real»dan jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi

05:19 / 28.01.2025