21:40 / 13.12.2017
6720

Olimpiya mash'alasi estafetasida ilk bor robot ishtirok etdi (video)

Foto: Getty ImagesHUBO receives the Olympic flame from Dr. Dennis Hong.

Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologiyalar instituti (KAIST) muhandislari tomondan yaratilgan HUBO roboti Janubiy Koreyaning Tedjon shahrida Olimpiya mash'alasini olib o‘tishda ishtirok etdi. Mash'alani robotga Kaliforniya universitetining robototexnika va mexanika laboratoriyasi asoschisi professor Dennis Xong topshirdi.

HUBO mash'ala bilan birga karton devorgacha 100 metrcha yugurib o‘tgan. So‘ngra robot kichik arra bilan karton devorda darcha ochib, u orqali mash'alani o‘zining yaratuvchisi, professor O Chun-xoga topshirgan. Olim o‘z navbatida mash'alani odam tomondan boshqariluvchi FX-2 modelidagi robotga topshirgan.

Olimpiya qo‘mitasi yangiliklar saytida ta'kidlanishicha, HUBO Olimpiya mash'alasi estafetasida ishtirok etgan ilk robot bo‘lmagan. Estafetaning ilk bosqichlarida mash'ala “suv osti robotlashtirilgan kemasi”da olib o‘tilgan.

HUBO robotlari mash'ala estafetasida ishtirok etishdan tashqari, 2018 yil Pyongchangda o‘tadigan qishki Olimpiadada volontyorlar sifatida ham qo‘llanadi. Ular mehmonlarni aeroportda kutib oladilar va sportchilarni stadionlarda qo‘llab-quvvatlab turadilar. Shuningdek, robotlardan ingliz, xitoy, koreys va yapon tillarida ma'lumot olish mumkin bo‘ladi.   

Top