16:57 / 13.12.2017
32524

O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoning eng zo‘r jamoasi deya e'tirof etildi

Osiyoning eng zo‘r bokschilarini aniqlab beruvchi The Best of the Asians 2017 ovoz berish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 14 toifa bo‘yicha g‘oliblar e'lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ovoz berish jarayoni Osiyo boks konfederatsiyasining katta yutug‘i bo‘ldi.

O‘zbekiston The Best of the Asians—2017 marosimida ko‘plab nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

69 kilogramm vazn toifasida mamlakat sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qila olgan Shahram G‘iyosov yilning eng yaxshi erkak bokschisi (The Best Asian Man Elite Boxer) sifatida tan olindi. G‘iyosov 2017 yilda AIBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni (Hamburgdagi jahon chempionatida) va ASBC versiyasi bo‘yicha Osiyo chempioni (Toshkentdagi Osiyo chempionatida) bo‘lgandi.

2017 yilning eng yaxshi osiyolik bokschisi nominatsiyasida g‘olib: Shahram G‘iyosov, O‘zbekiston, 69 kilogramm.

Osiyoning eng yaxshi bokschilari nominatsiyasida Top-3 g‘oliblar ro‘yxati:

1. Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - 57,2 foiz;

2. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - 32,8 foiz;

3. Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) - 6,1 foiz.

2017 yilning eng zo‘r yosh bokschilari - Best Asian Men's Youth Boxers in 2017 nominatsiyasida hamyurtimiz Rajabboy Otanazarov 34,4 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Undan oldingi, 1-o‘rinni olgan hindistonlik Sachin Sivach Singx 36,2 foiz ovoz to‘pladi, yaponiyalik Hayato Tsutsumi esa 23,5 foiz bilan 3-o‘rinni egalladi.

Osiyoning o‘smirlar o‘rtasidagi eng yaxshi bokschisi - Best Asian Men's Junior Boxers in 2017 nominatsiyasida o‘zbekistonlik Javlonbek Yo‘ldoshev 42,6 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rindan joy oldi. Top-3 quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Sara Tanaka (Yaponiya) - 43,2 foiz;

2. Javlonbek Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) - 42,6 foiz;

3. Beybars Jyeksen (Qozog‘iston) - 5,1 foiz.

WSB yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi osiyolik bokschi - Best Asian WSB Boxers in 2017 nominatsiyasida yurtdoshlarimiz Isroil Madrimov va Abdulhay Shorahmatov ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarga munosib ko‘rildi. Top-3:

1. Aslanbek Shimberganov (Qozog‘iston) - 36,8 foiz;

2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - 30,5 foiz;

3. Abdulhay Shorahmatov (O‘zbekiston) - 19 foiz.

Yil kashfiyoti - Asian Discovery of the Year 2017 nominatsiyasi g‘oliblari:

1. Husin Al-Masriy (Suriya) - 33,9 foiz;

2. Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - 32,7 foiz;

3. Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) - 20,1 foiz.

Osiyoning eng yaxshi murabbiylari - Best Asian Coach in 2017:

1. Xirokuni Moto (Yaponiya) - 41,3 foiz;

2. Hamid Tangriboyev (O‘zbekiston) - 39,8 foiz;

3. Santyago Niyeva (Hindiston), Qayrat Satjonov (Qozog‘iston) - 6,2/6,2 foiz.

Osiyoning eng yaxshi ITO'lari - Best Asian ITO in 2017:

1. Lenni D'Gama (Hindiston) - 45,5 foiz;

2. Dilshod Qozoqov (O‘zbekiston) - 41,3 foiz;

3. Viktor Kim (Qozog‘iston) - 5,5 foiz.

Osiyoning eng yaxshi hakamlari - Best Asian R&J in 2017:

1. Nelka Shiromala (Shri-Lanka) - 32,6 foiz;

2. Aleksandr Hamidov (O‘zbekiston) - 31,9 foiz;

3. Yermek Suyyenish (Qozog‘iston) - 6,7 foiz.

Osiyoning eng yaxshi milliy federatsiyasi - The Best Asian National Federation in 2017 g‘oliblari:

1. O‘zbekiston boks federatsiyasi - 91 foiz;

2. Tailand boks assotsiatsiyasi va Filippin boks alyanslari assotsiatsiyasi - 3,6/3,6 foiz.

ASBC prezidentining maxsus mukofoti Afg‘oniston boks federatsiyasiga topshirildi.

Top