16:47 / 14.12.2017
21379

9/11 teraktida yordamga birinchi bo‘lib  kelgan politsiyachi o‘z joniga qasd qildi

Foto: New York Post

Nyu-Yorkdagi Saffolk okrugidan bo‘lgan 61 yoshli Duglas Grinvud 9/11 fojiasi vaqtida odamlarga yordamga eng birinchi bo‘lib yetib kelgan politsiyachilardan biri edi.

Duglas 14 yil davomida Nyu-York politsiyasida mehnat qilgan, biroq 9/11 fojiasi vaqtida uning o‘pkalari jiddiy zarar ko‘rdi hamda umrining qolgan qismi davomida aziyat chekishiga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda New York Post.

Duglas 40 nafar politsiyachiga rahbarlik qilgan bo‘lib, ular Butunjahon savdo markazidagi terakt vaqtida jasadlarni qidirish bilan shug‘ullanishgan.

"U shunchaki mashinada ham o‘tirishi mumkin edi, sababi boshliq bo‘lgan. Biroq Duglas buning o‘rniga qo‘li ostidagi xodimlar bilan vayronalarga yo‘l oldi hamda maxsus niqobsiz tuproqni qazish ishlari bilan shug‘ullandi, sababi u har doim ratsiya orqali aloqada bo‘lishi lozim edi", - deydi Duglasning do‘sti va detektiv Ralf Fridmen

U uch yil o‘tib sog‘lig‘i holati tufayli politsiyadagi ishidan bo‘shadi. Keyinchalik Bliker-stritda Bleecker Street Pizza o‘z pitssaxonasini ochdi. Duglas onasi italiyalik bo‘lgani va aynan u maxsus tayyorlash usullarini berganini aytib bergan.

Duglas so‘nggi 10 yil davomida kislorod ballonisiz uxlay olmagan. Ko‘plab jarrohlik amaliyotlari, davolash jarayonlari va shifobaxsh suvlar uning ahvolini faqat birozga yaxshilagan. U do‘stlariga ko‘kragidan og‘riqlardan shikoyat qilgan hamda bunga ortiqcha chiday olmaganida o‘zini o‘ldirishini aytgan.

"U so‘nggi yillar davomida buni ertami yoki kechmi baribir amalga oshirishini aytib keldi", - deydi Duglasning do‘sti va New York Post fotosuratchisi Kevin Makkornik.

Duglas Nyu-Yorkdagi o‘ziga juda yoqqan Greenlawn bog‘iga kiraverishda o‘z joniga qasd qildi.

Mavzuga oid
Top