20:15 / 14.12.2017
8452

Afg‘onistonda kamida 14 politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Afg‘oniston janubida “Tolibon” radikal harakati jangarilari hujumi natijasida kamida 14 politsiyachi o‘ldirildi. Bu haqda Tolo News hukumat manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar jangarilar tomonidan Qandahor viloyatida qo‘yilgan pistirmaga tushishgan. “Tolibon” harakati vakili Qori Yusuf Ahmadiy hujum ro‘y bergani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Agentlikning ta'kidlashicha, jangarilar halok bo‘lganlarning qurol-yarog‘i va transport vositalarini ham egallab olishgan.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda ekstremistlarning sharqiy va janubiy afg‘on viloyatlarida, shuningdek respublika shimolidagi pozitsiyalari ancha mustahkamlanishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, dala qo‘mondonlari va radikal guruhlar jangarilari IShID terrorchilik guruhiga sodiqlik keltirmoqda.

Top