Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana Rossiya. Telegram BMTga murojaat qildi
Foto: RIA Novosti
Telegram ma'muriyati BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari ofisiga murojaat qilib, Rossiyada messenjer atrofida yuzaga kelgan vaziyatga ta'sir ko‘rsatishni so‘radi. "Agora" huquqni himoya qiluvchi tashkilot rahbari Pavel Chikov o‘z Telegram-kanalida tegishli maktubni e'lon qildi.
"BMTning so‘z erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi professor Devid Kayye, men sizga Telegram Messenger LLP nomidan yozmoqdaman. Mening murojaatim Rossiya hukumatining internet va Telegram’ga nisbatan so‘nggi harakatlariga aloqador bo‘lgan, so‘z erkinligiga jiddiy tahdidlari bilan bog‘liqdir. Kompaniya Federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalari bo‘yicha ma'lumotni taqdim etmagani sabab jarimaga tortildi, hamda Telegram yaqin haftalarda ichida Rossiyada bloklab qo‘yilishi mumkin", - deyiladi maktubda.
Telegram iyun oyi oxirida Rossiyada bloklab qo‘yilishiga bir baxya qolgandi, o‘shanda u Roskomnadzorga “ma'lumot tarqatuvchi tashkilotlar reyestriga” kiritish uchun kerakli axborotni berishdan bosh tortgan. Biroq Telegram keyinchalik baribir barcha kerakli ma'lumotni – kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tishiga aloqador hujjatlarni taqdim etdi.
Oktyabrda esa kelishtiruvchi sud Telegram’ni 800 ming rubllik jarimaga tortdi, bu Federal xavfsizlik xizmatiga xabarlar kodini olib tashlash bo‘yicha ma'lumot berilmagani tufayli sodir bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:01
Ozarboyjon: Ukrainada har ikki tomonda urishganlar jazolanadi
08:58
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
22:15 / 29.12.2025
Rossiya Ukrainani Putinning qarorgohiga hujum qilganlikda aybladi
18:11 / 29.12.2025