12:49 / 14.12.2017
8184

«Yangi davr». Janubiy Koreya Xitoy bilan yaqinlashishga urinmoqda

Foto: TASS

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning umid qilishicha, Xitoyga amalga oshirayotgan tashrifidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqich boshlanadi.

"Janubiy Koreya fuqarolari va biznes yetakchilarida shunday ishonch borki, turli pozitsiyalar sabab ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatilayotgan murakkab vaziyat o‘zgaradi, ikki tomonlama munosabatlarda yangi davr boshlanadi", - deya ma'lum qildi prezident Janubiy Koreya va Xitoy tadbirkorlari bilan Pekindagi uchrashuvi chog‘ida.

Mun Chje In lavozimiga kirishganidan so‘ng XXRda birinchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, XXR raisi Si Tszinpin bilan payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda KXDR raketa-yadro sinovlari tufayli Koreya yarim orolidagi keskinlashgan vaziyatni yumshatish asosiy mavzuga aylanadi. Mun Chje In inqirozga tinch yechim topish bo‘yicha sa'y-harakatlarda Xitoyning qo‘llab-quvvatlovidan umid qilmoqda.

Eng murakkab masalaga, kuzatuvchilarning fikricha, Janubiy Koreya hududida Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimining joylashtirilishi aylanadi, bu holat Pekinning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Janubiy Koreya rahbariyati Xitoyni bu tizim unga va boshqa davlatlarga qarshi qaratilmaganiga ishontirmoqchi. Biroq, tizimning o‘rnatilishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va boshqa hamkorlikka ta'sir ko‘rsatib bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top