Jahon | 14:00 / 14.12.2017
22335
2 daqiqa o‘qiladi

Kutilmagan burilish. Jahon banki neft va gaz bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi 

Foto: EPA

Jahon banki 2019 yildan neft va gaz konlarining geologiya qidiruv ishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilishi haqida ma'lum qildi, bu iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlar oshib borayotgani tufayli ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» Jahon bankining Parijdagi One Planet Summit sammitida tarqatilgan xabariga tayangan holda.

Ayni damda Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlar neftgaz sohasi uchun kreditlari kredit portfelidan 1-2 foizni tashkil etadi, ularning umumiy hajmi esa 280 mlrd dollardan ko‘proqqa teng.

Bank o‘ta favqulodda holatlardagina qashshoq mamlakatlarda neftgaz loyihalarini kreditlash imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin, bu agarda aholining kam ta'minlangan qatlami elektr energiyasidan bemalol foydalanishiga imkon bersa, loyihalarning o‘zi esa 2015 yildagi iqlim bo‘yicha Parij bitimga zid bo‘lmasa amalga oshadi.

Jahon banki 2010 yilda ko‘mir IES va ular bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarni kreditlashni to‘xtatdi.

Jahon banki xabarida ta'kidlanishicha, u tez o‘zgarayotgan jahon sharoitlarida ish uslubini qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘lganini ko‘rmoqda. 2020 yilga kelib kreditlashning 28 foizi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga yo‘naltiriladi.

Bozordagi umumiy qiymati 6,3 trln dollardan ortiqni tashkil etuvchi 237 kompaniya uglevodorodlardan qaramlik darajasi ancha past bo‘lgan iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha yangi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, deya ma'lum qilgan Angliya banki rahbari Mark Karni Parijdagi konferensiyada.

Mavzuga oid