08:51 / 14.12.2017
8411

«Manchester Siti» APL rekordchisiga aylandi

«Manchester Siti» APLning 17-turida «Suonsi Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Suonsidagi «Liberti» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu g‘alaba evaziga «Manchester Siti» APL rekordchisiga aylandi. Xosep Gvardiola shogirdlari Angliya chempionatida qatorasiga 15 uchrashuvda g‘alaba qozondi. Bundan avvalgi rekord «Arsenal»ga tegishli edi. Londonliklar 2001/02 yilgi mavsumning oxirgi 13 turida 13 g‘alabaga erishgan, keyingi mavsumning birinchi turidagi g‘alaba evaziga bu seriya 14 o‘yinga yetkazilgandi. 

«Manchester Siti» joriy mavsumning 17 turida 16 g‘alaba va 1 durang qayd etgan holda ayni vaqtda turnir jadvalida 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted» 11 ochkoga ortda qoldirilgan.

Mavzuga oid
Top