Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin o‘zining saylovoldi dasturi haqida ma'lumot berdi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, unda saylovoldi dasturi deyarli tayyor, unda esa infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta'lim va rossiyaliklar daromadini oshirishga e'tibor qaratiladi.
"Biroq sizlarga eng asosiy shu narsani aytishim mumkinki, mening fikrimcha, hokimiyat va butun jamiyatning e'tiborini qaratish lozim bo‘lgan masalalar bor. Bu shunday masalalarki, agarda aniq gapiradigan bo‘lsam, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta'lim. Bu, men avval aytganimdek, yuqori texnologiyalar, mehnat samaradorligini oshirish, hamda bular, hech qanday shubha yo‘qki, fuqarolar daromadini oshirish, bizning odamlarimiz daromadini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lishi lozim", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilning martida bo‘lib o‘tadi, saylovoldi kampaniyasi esa dekabrda start olishi kerak.
Mavzuga oid
23:30 / 11.03.2026
Makron G7 yetakchilari Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlamaslikka kelishib olganini aytdi
19:13 / 11.03.2026
Rossiya xorijda qo‘shin qo‘llash uchun asoslarni kengaytirishi mumkin
15:45 / 11.03.2026
Koshta Rossiyani Eron bilan urushning yagona “g‘olibi” deb atadi
15:44 / 11.03.2026