San'at va madaniyat institutida maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etiladi

Foto: dsmi.uz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida aktyorlik san'ati ta'lim yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
Respublikadagi barcha teatrlarni yetuk va malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, teatrlarning oliy ma'lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va ularni tayyorlash tizimini sifatli tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) aktyorlik san'ati ta'lim yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi Institutda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab aktyorlik san'ati ta'lim yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘lim uchun qabul kvotalarini belgilangan tartibda shakllantiradilar.
3. Belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 16 noyabrdagi PQ-3 389-son qaroriga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Institutning aktyorlik san'ati ta'lim yo‘nalishidagi maxsus sirtqi bo‘limga ushbu yoki turdosh ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga, teatr va boshqa madaniyat muassasalarida ta'lim yo‘nalishiga muvofiq kamida uch yil amaliy ish stajiga hamda belgilangan tartibda tavsiyanomaga ega bo‘lgan iqtidorli abituriyentlarni qabul qilish kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshiriladi;
Institutda maxsus sirtqi ta'lim jarayonini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi;
maxsus sirtqi ta'lim shaklida o‘qish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
O‘zbekiston | 12:28
-
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 12:26
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
Mavzuga oid

12:16
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

20:38 / 20.03.2025
Tramp ta’lim vazirligini yopmoqda: demokratlar sudga ariza topshirdi

20:49 / 15.03.2025