Toşkentning Çilonzor tumanidagi “Yakkaboğ” mahalla fuqarolari yiğini huzurida aholiga bepul yuridik maslahat beriş huquqiy markazi oçildi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.      

Markaz fuqarolarga, birinçi navbatda aholining zaif qatlamlari vakillariga bepul huquqiy yordam olişda, fuqarolarning öz huquqlaridan xabardorliklari darajasini oşirişda kömak körsatadi. Markaz vazifalariga yangi qabul qilingan qonunlarni aholiga yetkaziş, amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ularni amaliyotda qöllaşni tuşuntiriş, mahalla fuqarolari yiğinlariga amaliy masalalarni hal qilişda huquqiy yordam körsatiş kiradi. 

Markaz, şuningdek, fuqarolik-huquqiy masalalar, oilaviy, mehnat va boşqa huquqiy munosabatlar böyiça muammolarga ega fuqarolarga bepul huquqiy yordam körsatadi.   

Huquqiy yordam körsatiş huquqşunoslar tomondan amalga oşiriladi. Ular, şuningdek, fuqarolarga huquqiy mazmundagi hujjatlarni tuzişda kömak körsatişadi.  

Markaz Boş prokuratura va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Özbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda amalga oşirilayotgan “Prokuratura idoralari faoliyati oçiqligini takomillaştiriş va jamoatçilikning axborotga ega bölişligini kengaytiriş yöli bilan jamiyatda huquqiy madaniyatni oşiriş” loyihasi doirasida taşkil etildi.