Turkiyaning “Bujaspor” klubi himoyachisi Abdulloh Balikuv braziliyalik futbolchi Roberto Karlosning burchakdan darvozaga kiritgan mashhur golini takrorlay oldi. Futbolchi ushbu golni Turkiya kubogining 1/16 finalida “Sivasspor” darvozasiga kiritdi. 

Balikuv ushbu golni uchrashuvning 3-daqiqasidayoq kiritgan. U chap qanotdan hujumga qo‘shilib, raqib darvozasi tomon bexato zarba yo‘llay olgan. 

Roberto Karlos o‘zining mashhur golini Madridning “Real” klubi safida deyarli 0 gradusli burchakdan “Tenerife” darvozasiga kiritgandi.