Qanot yopqichlari bo‘lmagani sabab reaktiv uchuvchisiz uchar qurilmani boshqarishda ikki texnologiya yordam beradi. Birinchisi – bu Wing Circulation Control bo‘lib, dvigatel ishidan gazlar oqimini qanotning orqa yuzasiga yo‘naltiradi. Bu oqimni tartibga soladi, uchuvchisiz uchar qurilmani qo‘shimcha mexanizmlardan foydalanmay turib boshqarish mumkin. Boshqa bir texnologiya ham bor: Fluidic Thrust Vectoring, u havo oqimini gazlarni chiqaruvchi vektorni boshqarishda ishlatadi, bu esa tortuvchi kuch tashqi vektorini yaratishi lozim. Shuningdek bu qo‘shimcha boshqarish imkoniyatini ham taqdim etadi.

Shu tariqa, britaniyalik muhandislar uchuvchisiz uchar qurilma konstruksiyasida istalgan harakatlanuvchi mexanik detallardan foydalanmaslikning uddasidan chiqishdi. Bu uning radiopayqalish darajasini kamaytirib, deyarli ideal josuslik qurilmasiga aylantiradi. Britaniyalik mutaxassislarning ishonch bildirishicha, texnologiya sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, mexanizatsiyalangan qanotni yaratish texnologiyasi boshqa uchar qurilmalarga ham o‘tkazilishi mumkin.