Jahon | 12:28 / 15.12.2017
36559
2 daqiqa o‘qiladi

Rasman. Rossiyada prezidentlik saylovi kuni belgilandi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya Federatsiya kengashi juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda RF prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarni 2018 yilning 18 mart kuniga belgiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qaror bir ovozdan qabul qilingan.

Shu tariqa mamlakatda saylovoldi prezidentlik kampaniyasiga rasmiy start berildi hamda da'vogarlar ro‘yxatdan o‘tish va tashviqot ishlarini boshlash imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Ta'kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovlari muddatini belgilash majburiyati mamlakat Federatsiya kengashiga konstitutsiya bilan yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi prezident saylovida ishtirok etishini ma'lum qildi. Putin Nijniy Novgoroddagi Gorkiy avtomobil zavodi tashkil etilganiga 85 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirda chiqishi vaqtida bu haqda rasman aytdi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti kecha, 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan katta matbuot anjumanida vaqtida o‘zining saylovoldi dasturi deyarli tayyorligi, unda esa infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta'lim va rossiyaliklar daromadini oshirishga e'tibor qaratilishi haqida ma'lum qildi.

Bundan tashqari, navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish rejasi borligi haqida RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, teleboshlovchi Kseniya Sobchak, “Yabloko” partiyasi asoschilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy, siyosatshunos Andrey Bogdanov va “Biznikilar” harakati ta'sischilaridan biri Boris Yakemenko aytib o‘tdi. "Adolatli Rossiya" va Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodlarni ilgari surish masalasini o‘z qurultoylarida hal etadi. Bundan tashqari, jurnalist Yekaterina Gordon, "Avanti" assotsiatsiyasi rahbari Raxman Yansukov, "Ayollar muloqoti" partiyasi yetakchisi Yelena Semerikova, tadbirkor Sergey Polonskiy ham o‘z nomzodini qo‘yishni mo‘ljallagan.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi