11:10 / 15.12.2017
20565

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, prezident safar davomida joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilishni maqsad qilgan.

Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida birinchi tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagandi. Prezident yil boshida, 20-22 yanvar kunlarida Qoraqalpog‘istonda bo‘lgandi.

Top