Vazirlar Mahkamasining  5.12.2017 yildagi 965-son qarori bilan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari ko‘payadi
 
Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlar muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yishlari darkor. Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni  – o‘rtacha xodimlar sonining 10 foizigacha (jumladan, nogironlar uchun kamida 3 foiz). Amaldagi tartibga ko‘ra, xodimlarning o‘rtacha sonining 7 foizigacha va nogironlarni ishga joylashtirish uchun kamida 3 foiz ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladi.
 
Ish o‘rinlari kimlar uchun zaxiraga qo‘yiladi
 
Ish o‘rinlari fuqarolarning quyidagi toifalari uchun zaxiraga qo‘yiladi:

• 14 yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar;
• umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta'lim olgan bitiruvchilar;
• safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni o‘tagan va Qurolli Kuchlar saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;
• nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (erkaklar – 58 dan 60 yoshgacha, ayollar – 53 dan 55 yoshgacha);
• jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar;
• odam savdosi qurbonlari.
  
Ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bosqichlari
 
Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili:

• 1 avgustdan kech bo‘lmagan muddatda lavozimlarni hisobga olgan holda kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy sonini belgilaydi;