14:58 / 15.12.2017
7044

Toshkentda reklama, nohalol raqobat va intellektual mulk bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Joriy yilning 14 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida “Dori vositalari: reklama, nohalol raqobat va intellektual mulkni himoya qilish asoslari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish agentligi, «Legalmax Intellectual Property» mualliflik huquqini himoya qilishga ko‘maklashish firmasi, xorijiy va mahalliy farmatsevtika kompaniyalari hamda ishlab chiqaruvchilari vakillari va rasmiy dilerlari hamda OAV ishtirok etdilar.

Davlat raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i D. Azimov raisligida bo‘lib o‘tgan seminar-treningda qo‘mita bosh mutaxassisi V.Dubrovskaya, Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘limi boshlig‘i M.Ibragimova, Intellektual mulk agentligi yetakchi eksperti Z.Parpiyev o‘z bilim va tajribalari bilan tadbir ishtirokchilarini yaqindan tanishtirishdi.

Tadbir ishtirokchilariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni reklama qilishda qo‘yiladigan asosiy talablar, voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma olish tartibi, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatga olish tartibi, farmatsevtika sohasida intellektual mulkni himoya qilish va nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslikka doir asosiy talablar, amalga oshirilayotgan ishlar va amaliy tajribalar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Bo‘lib o‘tgan seminar-trening farmatsevtika sohasi vakillarini sohaga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga, amaliy tajriba almashishga hamda faoliyat samaradorligi bilan bog‘liq ko‘nikmalar bilan yaqindan tanishish va ularning oldida turgan ayrim masalalarning o‘z yechimini topish imkonini beradi. 

Mavzuga oid
Top