10:55 / 15.12.2017
27545

Vafot etgan onasining pensiya pullarini 24 yil o‘zlashtirib kelgan ayol fosh etildi

Foto: Fox News

AQShning Kaliforniya shtati Sakramento shahridagi federal sud 66 yoshli Emma Karter-Aleksandrni 13 oylik qamoq jazosiga hukm qildi, u 20 yildan ortiq vaqt davomida vafot etgan onasining pensiya pullarini o‘zlashtirib kelgan. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ayol 1991 yilning aprelida o‘zining onasi Doroti Griffinga qarash bo‘yicha majburiyatni bo‘yniga olgan hamda pensiya pullari bo‘lgan cheklarni naqdlashtirib olish huquqini qo‘lga kiritgan. Mablag‘lar oyda bir marotaba yuborilgan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Griffin 1993 yilda vafot etgan. Shu bilan birga, Karter-Aleksandr onasi bu pullarni qanday sarflayotgani haqida muntazam ravishda hisobot berib borgan. Aslida esa jinoyatchi pensiya mablag‘lari yordamida o‘z xarajatlariga to‘lovlarni amalga oshirgan, jumladan, aviachiptalar sotib olgan, mehmonxonalardagi xonalarga pul to‘lagan, mashinani ta'mirlatishda foydalangan hamda do‘konlardan xaridlarni amalga oshirishda ishlatgan.

Mavzuga oid
Top