11:28 / 16.12.2017
40874

15-asrda tug‘ilgani taxmin qilinayotgan 500 yoshli akula ushlandi

Foto: INSTAGRAM/@JUNIEL85

Olimlar Shimoliy Atlantikada ba'zi baholashlarga ko‘ra, 1505 yilda tug‘ilgan akulani ushlab olishdi. Shu tariqa tutilgan akula umurtqali jonzotlar orasida yashash davomiyligi bo‘yicha mutlaq rekordchi bo‘lishi mumkin. 

Tutilgan akula grenland yoki qutb akulalari turiga mansub bo‘lib, bu turdagi akulalar yiliga o‘rtacha bir santimetr o‘sadi va eng uzoq umr ko‘ruvchi umurtqali jonzotlar hisoblanadi. Ular o‘rtacha 272 yil umr ko‘radi, deb yozmoqda Sun nashri. Tutilgan akulaning uzunligi taxminan 5,4 metrni tashkil qiladi, uning yoshi esa radiouglerod tahlil yordamida aniqlangan. U 272 yildan 542 yilgacha umr ko‘rgan bo‘lishi mumkin.

Foto: INSTAGRAM/@JUNIEL85

Grenland akulalari asosan baliqlar bilan oziqalanadilar, biroq ularning oshqozonlarida bug‘u va ot qoldiqlari ham aniqlangan. Islandiyada bu akulalar go‘shti delikates hisoblanadi. Biroq bu go‘shtni maxsus tarzda tayyorlash lozim, chunki u zaharli bo‘lishi mumkin. 

Tutilgan akula DNKsining o‘rganilishi olimlarga grenland akulalarining uzoq umr ko‘rishi mexanizmini va ular boshqa umurtqali jonzotlardan nimalari bilan farq qilishini tushunishga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, bu akulalar o‘ziga xos “vaqt kapsulasi” hisoblanadi: ularni o‘rganish insoniyat sivilizatsiyasining okeanlarga ta'siri darajasini tushunishga imkon berishi mumkin.

Foto: INSTAGRAM/@JUNIEL85

Quruqlikda yashovchi jonzotlardan eng uzoq umr ko‘ruvchilar toshbaqalar hisoblanadi. Ular 250 yildan ko‘proq yashashi mumkin.

Top