21:23 / 16.12.2017
7962

Yaponiyaliklar Oyda reklama joylashtirishmoqchi

Foto: trend.az

Yaponiyaning Ispace Inc. startapi “Oy iqtisodiyoti”ni yaratish uchun 90 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qila oldi. Kompaniya 2019 yilgacha Yer orbitasiga koinot kemasini uchirib, bir yil o‘tib uni Oy sirtiga qo‘ndirmoqchi. Startap o‘z investorlariga  koinot kemasi Oyga qo‘nishi bilan u yerda reklama joylashtirish imkonini taklif qilmoqchi. Investorlar orasida Japan Airlines Co. va Tokyo Broadcasting System Holdings kabi yirik kompaniyalar bor.

Loyihaga nafaqat xususiy kompaniyalar, balki Yaponiya taraqqiyot banki hamda davlat tomondan moliyalashtiriluvchi INCJ innovatsion kompaniyasi ham sarmoya kiritishga qaror qilgan.

Startap rahbari Takeshi Xakamadaning aytishicha, kompaniyalar logotiplari koinot kemalari va vezdexodlarda o‘rnatiladi, agar kema Oyga qo‘ndirilsa, u yerda ham reklama shitlari joylashtiriladi. Uning ishonishicha, bu xizmat talabgir bo‘ladi, chunki ko‘plab kompaniyalar Yer fonida o‘z reklama shitlari bo‘lishini istaydilar.

Startap Oyda vodorod yonilg‘isi olish va turar joylar qurish uchun suv qidirish bo‘yicha ekspeditsiyani boshlashni reyejalashtirmoqda.

Vaqti kelib kompaniya “Oy iqtisodiyoti”ni yaratmoqchi. Biroq rejalar amalga oshishiga yana o‘nlab yillar davomida ishlash kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top