23:22 / 16.12.2017
4966

Gumanitar tashkilotlar Yamandan xodimlarini evakuatsiya qilmoqdalar

Foto: RIA Novosti

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning ma'lum qilishicha, Yamandagi gumanitar tashkilotlar o‘z xodimlarini u yerdan olib chiqib ketmoqdalar, chunki husiylarning harakatlari ularning ishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda “Al-Arabiya” ma'lum qildi. 

Koalitsiya xabariga ko‘ra, husiylar gumanitar tashkilotlar xodimlari himoyasini ta'minlashmagan va shu sababli xalqaro huquq me'yorlarini buzishgan. Yamandan xodimlarini olib chiqayotgan kompaniyalar ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid
Top