11:42 / 16.12.2017
18207

Qoraqalpog‘istonliklar tashabbusi Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonliklar tashabbusi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Maktabgacha ta'lim dasturini davlat va xususiy sheriklik asosida amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati va faollarining Nukus shahrida 20 ta tuman va shaharlarda 10 tadan yangi maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, barcha hududlar rahbarlarini bu tajribani keng yoyishga da'vat etdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurgani xabar qilingandi. Davlat rahbariga shu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Prezident mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish kerakligini qayd etdi.
 

Top