20:53 / 16.12.2017
9442

Saudiya Arabistonida ayollarga mototsikl va yuk mashinalari haydashga ruxsat berildi 

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonida ayollarga mototsikl va yuk mashinasi boshqarishga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakatning yo‘l harakati boshqarmasi ma'lum qildi, deb xabarda berdi Al-Arabiya telekanali.

Xabarda ta'kidlanishicha, ayollar bu transport vositalarini yengil avtomobillar bilan bir qatorda 2018 yil iyunidan boshlab bemalol boshqara oladilar.   

Saudiya Arabistoni hukumati vakilining telekanalga ma'lum qilishicha, ayollar boshqaradigan avtomobillar va mototsikllarda erkaklar boshqaradigan transport vositalaridan farqlanuvchi maxsus tablichkalar yoki raqamlar o‘rnatilmaydi. 

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud sentabr oxirida ayollarga haydovchilik guvohnomalarini olishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagandi. 

Saudiya Arabistonida ayollar mashina haydashlari mumkin, biroq erkaklardan farqli, ular haydovchilik guvohnomalarini ololmasdilar. Agar jamoat joyida mashina haydayotgan ayol payqalsa, u politsiya tomondan hibsga olinishi yoki yirik summaga jarimaga tortilishi mumkin edi. Saudiyalik ayollar erkaklar bilan bir qatorda mashina haydash huquqini olish yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab kampaniyalar uyushtirishgan. 

Top