18:16 / 16.12.2017
40895

Shavkat Mirziyoyev jajji sportchi qizaloqlar qurshovida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi sport majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident bu yerda mamlakatimizning yosh sportchilari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev yengil atletikachi qizaloqlar bilan muloqotda “Eng avvalo, barcha qilayotgan ezgu amallarimiz siz, aziz farzandlarimizning yorug‘ kelajagi uchun”, dedi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishgani xabar berilgandi. Shu yerda prezident nomidan og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli turnirlar sovrindori Rustam Jangaboyevga uy, dzyudochi Elyor Masharipovga “Malibu” avtomobili, qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga “Nexia” mashinasi berildi. Mashg‘ulotlarga qatnashayotgan boshqa yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mavzuga oid
Top