O‘FF Vadim Abramovni nosog‘lom fikrlarni vujudga keltirishda aybladi va futboldan chetlatdi

«Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirildi, deb yozmoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi sayti.
«O‘FF Intizom kodeksi 2-bo‘limining klublar boshliqlari va murabbiylariga nisbatan belgilangan talablarni so‘zsiz ijro etish va Ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni noto‘g‘ri talqin qilinishi holatlarini oldini olish maqsadida, Ijro qo‘mitasi Byurosining 2017 yil 16 dekabrdagi 9-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda bayon etilishicha, O‘zbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, O‘FF va O‘zPFL hamda ularning rasmiylari sha'niga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar bildirganligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida nosog‘lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo‘layotganligi uchun, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Intizom kodeksi 2-bo‘limining «d» kichik bandiga muvofiq, «Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirildi» - deyiladi bayonotda.
Vadim Abramov aynan nimalarni gapirgani va kimlarni yo‘ldan urgani, shuningdek, jazo muddati qachon tugashi bayonotda ma'lum qilinmagan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV
Jahon | 19:42
-
Belarus muxolifati vakili Sergey Tixanovskiy qamoqdan ozod etildi
Jahon | 19:22
-
"Prezident tashrifi bo‘lishi aniq, lekin vaqti noma’lum" - Britaniya elchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 19:10
-
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 19:06
Mavzuga oid

16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida

10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi

14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi

14:47 / 06.08.2023