20:05 / 16.12.2017
7615

Uyga romlarni olib kelishini aytib, 8,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

Foto: TVK

Qibray tumanida uyga romlarni olib kelishini aytib, sakkiz yarim million so‘mni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tumanda 2017 yilning 13 iyul kuni 1985 yilda tug‘ilgan Mansur Dovurov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) firibgarlik yo‘li bilan, uy bekasi, 1987 yilda tug‘ilgan Shoira Alimovaning ishonchini suiiste'mol qilib, «alyumin profil romlar ishlab chiqarish korxonasida ishlayman, uyga romlarni olib kelib beraman» – deb aldab, Shoira Alimovadan sakkiz million besh yuz ming so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top