22:23 / 17.12.2017
15598

«Chelsi» yanvardayoq transfer rekordini yangilash niyatida

Londonning «Chelsi» klubi «Yuventus» himoyachisi Aleks Sandroni sotib olmoqchi. Bu haqda Express nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, londonliklar klubi 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun qishdayoq 80 million yevro atrofida mablag‘ taklif qilmoqchi. Agar bu transfer amalga oshsa, Sandro futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanib, rekord o‘rnatadi.



Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sandro «Yuventus»ni tark etish niyatida ekanini bir necha marotaba ma'lum qilgandi.

Top