Xitoy startapi o‘zining ilk elektrokarini ishlab chiqdi

NIO ES8. Foto: Bloomberg News
Xitoyning elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nio startapi o‘zining ilk mahsuloti — ES8 krossoveri savdosini boshladi. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Kompaniyaning uqdirishicha, mashina 4,4 soniyada tezligini soatiga 100 km.ga yetkaza oladi. Uning eng yuqori tezligi 180 km/s.ni tashkil etadi. Biroq elektrokar qisqa muddatli sport tartibida 200 km/s tezlikka ham erisha oladi.
ES8 bir marta to‘liq quvvatlangach 500 km masofani ortda qoldira oladi. Avtomobil 8 soatda to‘liq quvvatlanadi.
Krossover konstruksiyasi batareyalarni quvvatlash stansiyalarida 3 daqiqada almashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari ES8 Power Mobile firmasining xizmat ko‘rsatish avtomobillari yordamida ham quvvatlana oladi.
Nio 2020 yilga kelib Xitoyda 1100 dan ortiq quvvatlash stansiyasini barpo etishni hamda 1200 dan ortiq Power Mobile xizmat avtomobillarini kerakli uskunalar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.
ES8 narxi 448 ming yuan (67,8 ming dollar) ekani aytilmoqda. Bunda Tesla Model X Xitoy bozorida 836 ming yuan (126,5 ming dollar) turadi.
Nio 2017 yil noyabrida 1 mlrd dollardan ortiq sarmoyani jalb qila oldi. Kompaniya bahosi 5 mlrd dollarga yetdi. Ishlab chiqaruvchi olingan mablag‘lar hisobidan biznesini global miqyosga olib chiqishni rejalashtirmoqda.
Startap 2020 yili Amerika bozoriga Nio Eve muqobil elektromobilni yetkazib beradi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

19:52 / 29.04.2025
O‘zbek tilida yozilgan birinchi startap qo‘llanmasi taqdim etildi

15:53 / 18.02.2025
Ayrim startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi

21:18 / 17.12.2024