16:21 / 17.12.2017
33444

Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifidan so‘ng To‘rtko‘l tuman hokimi o‘zgardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman rahbari G‘ofurjon Xadjiyev egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Tuman hokimi lavozimiga yangi tayinlangan Ne'matulla Xudayberganov Kun.uz muxbiri bilan telefon suhbatida bu haqdagi xabarni tasdiqladi.

Foto: Kun.uz

Ma'lum qilinishicha, ayni davrgacha Sirdaryo viloyati Suv va qishloq xo‘jaligi boshqarmasi birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan Ne'matulla Xudayberganov endilikda To‘rtko‘l tumani hokimi etib tayinlangan. 1998-2017 yillarda Xudayberganov To‘rtko‘l tumaniga qo‘shni hudud, Ellikqal'a tumanida hokim lavozimida uzoq yil faoliyat olib borgandi.

To‘rtko‘l tumani sobiq hokimi G‘ofurjon Xadjiyevning boshqa lavozimga o‘tkazilgani yoki nima sababdan ishdan bo‘shatilgani hozircha oshkor etilmagan.

Top