23:31 / 17.12.2017
33533

Putin uchun murdalar ham agitatsiya qilmoqdami?

Foto: znak.com

Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putinni 2018 yilgi saylovlarda qo‘llab-quvvatlashga chaqiruvchi #PutinKrut heshtegini Rossiyadagi allaqachon o‘lib ketgan insonlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham uchratishmoqda, deb yozadi znak.com.

Rossiyadagi prezidentlik saylovi kampaniyasi katta mojaro bilan start oladigan ko‘rinadi, boz ustiga, bu davlat rahbarligiga bosh nomzod bilan bog‘liq bo‘lib turibdi. «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ining rossiyalik foydalanuvchilari anchadan beri faollashtirilmay qo‘yilgan sahifalar to‘satdan jonlanib qolganini ayta boshlashdi. «Jonlanib» degan so‘z bu yerda uzukka ko‘z quygandek mos kelmoqda: gap shundaki, aytilayotgan sahifalar allaqachon o‘lib ketgan insonlarga tegishli va ularning sahifalari bir necha yillardan beri hech ham yangilanmasdan kelinayotgandi. Biroq o‘tgan kunlarda boshqa foydalanuvchilarning diqqatini o‘tib borayotgan haftaning eng asosiy hodisasi — Vladimir Putinning har yillik katta matbuot anjumaniga aynan shunday sahifalar orqali e'tiborni jalb qilishga urinishgan.

Hukumatni yoqlab qilingan piarning yangi darajasidan norozilik hozir ko‘plab pabliklarda uchratilmoqda, jumladan, 14 dekabr kungi matbuot anjumanidan so‘ng Putinning jurnalistlar bilan muloqotini o‘tkazib yubormaslikka chaqiruvchi postlar e'lon qilish taklif qilinganlari ham. Bu maqolalarning barchasi #PutinKrut heshtegi bilan birlashtirilgan.

Buning hech hayron qolarli joyi yo‘q: «VKontakte» foydalanuvchilari orasida milliy yetakchining tarafdorlari chindan ham ko‘p. Postlar xuddi nusxa ko‘chirish mashinasidan chiqarilgandek bir-biriga o‘xshashligi ham normal holat: qaydlar Vladimir Putinning posterlari va uning chiqishidan yorqin iqtiboslar bilan bezatilgan. Agar posterning pastki o‘ng burchagidagi belgiga ishonilsa, uni tayyorlash uchun «Yedinaya Rossiya»ning yosh gvardiyachilari tayyorlashgan. Ya'ni, prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini ilgari surgan Putin ishonayotgan siyosiy tashkilotlardan biri.

Foto: znak.com

Posterlardan biri Vladimir Putinning matbuot anjumanini tomosha qilishga chaqiradi. Bunday chaqiriqlarni foydalanuvchilar allaqachon o‘lib ketgan insonlarning profilidan ham olishgan.

Muammo shundaki, tez orada agitatsion postlarni e'lon qilish taklifini pablik va hamjamiyatlarga jo‘natgan foydalanuvchilarning bir qismi allaqachon yorug‘ olamni tark etgani oydinlashdi. Ko‘p o‘tmasdan buni «agitatorlar»ni shaxsan tanigan yoki nimadir sababdan ularning profillarini chuqurroq kavlab ko‘rishga kirishgan ijtimoiy tarmoqning tirik foydalanuvchilari ko‘rsata boshlashdi. Hozir bunday sahifalar o‘chirila boshlandi va ba'zilari shubhali faollik sababli bloklangan, deya qayd etilgan.

Lekin tarmoqda kezib yurgan skrinshotlarda ko‘rinib turibdiki, bu sahifalarda uch-to‘rt yil muqaddam uning egasi bilan vidolashuv yozuvlari va uning yaqinlariga hamdardlik matnlari bitilgan.

Ba'zi sahifalar ham ochiq turibdi. Xususan, znak.com Putinning yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumaniga diqqatni jalb qilishga yo‘naltirilgan yozuvni uchratgan. U «Tipichnyy jyeleznodorojnik» deb ataluvchi mashhur pablikda Lyudmila Brikova nomidan joylashtirilgan. Lyudmilaning sahifasidan ko‘rinib turibdiki, u so‘nggi marta sahifasiga 15 dekabrda kirgan. Biroq uning sahifasi 2013 yilning kuzidan buyon yangilanmagan. So‘nggi qoldirilgan qaydga ko‘ra, qiz o‘lganini qayd etishgan, aftidan, vafotidan 4 yil o‘tgach uning nomidan kimdir sahifasini faollashtirganidan so‘ng tanishlaridan biri yozib qoldirgan.

Top