23:09 / 17.12.2017
9008

Saudiya Arabistonida hibsga olingan falastinlik milliarder qo‘yib yuborildi  

Foto: Khalil Mazraawi / AFP

Saudiya Arabistonida 12 dekabrda aksilkorruptsion tergov doirasida so‘roq qilinish uchun hibsga olingan falastinlik milliarder Sabih al-Masriy ozod etildi. U Ar-Riyoddagi uyiga qaytgan. Bu haqda milliarderning oilasiga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. U yaqin orada mamlakatni tark etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.    

Tadbirkor o‘ziga hech qanday ayblov bildirilmagan holda qo‘yib yuborildi.

Al-Masriy Yaqin Sharqdagi eng yirik banklardan biri Arab Bank raisi va Zara Investment Holding asoschisi hisoblanadi. Bank Iordaniya poytaxti Ammanda joylashgan. Masriy, shuningdek, Falastinning eng boy odami, sanoatchi Munib al-Masriyning jiyani hisoblanadi. Milliarder falastinlik bo‘lsa-da, Saudiya Arabistoni fuqaroligiga ega.

Noyabr oxirida Saudiya Arabistonida korrupsiyaga qarshi kampaniya boshlangan edi. Korrupsiyada gumon bilan hammasi bo‘lib 159 kishi, jumladan, qirollik oilasi a'zolari hibsga olingan.

Top