16:10 / 17.12.2017
25521

Video: Tesla va Toyota o‘zaro kuch sinashdi: natija esa hayratlanarli

Tesla Model X elektr krossoveri hamda Toyota Land Cruiser Prado yo‘ltanlamasi arqon tortish bo‘yicha kuch sinashdi. Musobaqa videosi YouTube saytidagi Bjørn Nyland sahifasiga joylashtirilgan.

Kuch sinashishda Tesla kompaniyasining P90D tasnifidagi krossoveri ishtirok etgan. Unga 2 ta elektromotor o‘rnatilgan bo‘lib, jami quvvati 762 ot kuchiga teng. Vazni 2600 kg.dir.

Unda ishtirok etgan Toyota Land Cruiser Prado 173 ot kuchiga ega dizel motor bilan jihozlangan. Yo‘ltanlamas vazni — 2200 kg. 

Tesla krossoveriga Nokian shinalari, Toyota yo‘ltanlamasiga friktsiyaviy shinalar o‘rnatilgan. Tortishish chog‘ida «Prado» o‘chib qoldi va birmuncha muddat dvigateli ishga tushmadi. 

Mavzuga oid
Top