Çili markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidenti saylovida Sebastyan Pinera ğolib bölganini ma'lum qildi. U mamlakatni 2018-2022 yillarda boşqaradi.

99,62 foiz ovoz hisoblab çiqilgandan keyin Pinera 54,57 foiz, uning raqibi senator Alexandro Giliyer 45,43 foiz ovoz olgani ma'lum böldi.

“Raqibim Sebastyan Pinerani tabriklayman, men ğalaba bilan tabriklaş uçun unga qönğiroq qildim”, deb aytgan Giliyer Santyagodagi matbuot anjumanda.

Amaldagi prezident Mişel Baçelet ham Pinerani ğalaba bilan tabriklagan.

Pinera va Giliyer saylovning 1-turida mos ravişda 36,64 va 22,70 foiz töplagandilar. 1-turda ğolib böliş uçun 50 foizdan köproq ovoz töplaş kerak edi.

Sebastyan Pinera avval ham prezident lavozimini 2010-2014 yillarda egallagan. Forbes ma'lumotlariga köra, uning boyligi 2,7 mlrd dollarni taşkil qiladi.