Chiroq o‘chib qoldi. Dunyodagi eng yirik aeroport ham elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoga duch keldi
Dunyoda eng ko‘p yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi Atlanta aeroporti elektr energiyasi ta'minotida uzilish ro‘y bergani uchun reyslarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda aeroportning Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan.
"Elektr energiyasining yirik uzilishi aeroportning bir necha qismi ishiga ta'sir ko‘rsatdi", - deyiladi xabarda.
Shu sababdan federal aviatsiya ma'muriyati Atlantada reyslarning qo‘ndirilishiga taqiq qo‘ydi.
Bundan tashqari, xabar qilinishicha, qisman elektr energiyasisiz qolgan Atlanta aeroportidagi barcha reyslar bekor etilib, yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan, deb xabar bermoqda shahar o‘t o‘chirish xizmati.

"Atlanta aeroportidagi barcha reyslar bekor qilindi. Aeroport xodimlari yo‘lovchilarni samolyotlar hamda terminallardan tashqariga olib chiqishmoqda", - deya xabar qilgan xizmat Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Qo‘shma Shtatlarning Jorjiya shtatida joylashgan Atlanta xalqaro aeroporti dunyoda eng ko‘p yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi aeroport sanaladi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, bu yerdagi yo‘lovchilar oqimi 104 million kishini tashkil etgan.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, Atlanta aeroporti ishidagi muammolar yakshanba kuni 1,1 mingdan ortiq reysning bekor qilinishiga olib kelgan, bundan Flightradar24 servisi ma'lumotlari darak bermoqda.
Energetiklar aeroportdagi elektr ta'minoti tizimini yarim tunga (Toshkent vaqti bilan soat 10.00) qadar to‘liq tiklashni rejalashtirishmoqda.
Flightradar24 ma'lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni Atlanta aeroportida parvozga chiqishi lozim bo‘lgan 456 (42 foiz) va qo‘nishi lozim bo‘lgan 696 reys (63 foiz) bekor qilindi. Xususan, Atlantada joylashgan Delta Airlines o‘zining 450 ta reysi bekor qilingani haqida xabar bergan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
«Chelsi»ni sotishdan tushgan pul: London Abramovichga sud bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 12:35
-
Rossiya telekanallari ko‘priklar portlatilishi va harbiy aerodromlarga hujumlarni qanday yoritdi?
Jahon | 12:10
-
O‘rmon agentligi tashkil etildi
O‘zbekiston | 12:01
Mavzuga oid

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

20:04 / 03.06.2025
AQSh Suriyadagi 7 ta harbiy bazasini yopadi

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

16:45 / 03.06.2025