Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlari agentligiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga yangi rahbar tayinlandi.
Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi qarori bilan Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev ushbu lavozimni egallagan.
Xalilillo To‘raxo‘jayev mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
13:54 / 22.12.2025
Investitsiya vositachilari uchun xizmatlar va cheklovlar belgilandi
21:44 / 16.12.2025
Tadbirkorlik sohasidagi 1600 dan ortiq ma’muriy talab bekor qilinadi
08:42 / 12.12.2025
Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi
10:48 / 25.11.2025