13:50 / 18.12.2017
9359

Endi tuyalarning ham o‘z shifoxonasi bor

Foto: Gulf News

Dubayda tuyalar uchun dunyodagi ilk shifoxona ochildi. Dubai Camel Hospital deb nomlangan bu shifoxonada bir vaqtning o‘zida 20 tagacha tuyaga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Ta'kidlanishicha, eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan shifoxona qurilishi 40 mln dirhamga (11 mln dollar) aylangan.

Tuyalar BAAning tirik ramzlaridan biri, Arabiston yarimorolining madaniy merosining ajralmas elementi hisoblanadi. Bu yerdagi auksionlarda tuyalarning narxi bir necha millionlab dollarga yetadi.

Shifoxona tuyalarning sog‘lig‘ini saqlashda ko‘mak ko‘rsatadi. Shifoxonada operatsiya narxi 1000 dollardan, rentgen qilish narxi esa 110 dollardan boshlanadi. Shifoxona, shuningdek, turli ilmiy tadqiqotlar bilan ham shug‘ullanadi. 

Top