10:53 / 18.12.2017
6118

Isroil HAMASga raketalar bilan zarba berdi

Foto: AP

Isroil harbiy-havo kuchlarining samolyoti HAMAS harakatining mashg‘ulot lageriga aviazarba berdi. Bu haqda Isroil armiyasining tvitterdagi sahifasida xabar qilingan.

«Isroil aviatsiyasi mamlakatning janubiy qismiga qarata uchirilgan raketalarga javoban, G‘azo sektori shimolidagi HAMAS mashg‘ulot lageriga zarba berdi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Falastin bilan vaziyatning keskinlashishi fonida G‘azo sektori bilan chegarani yopishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top