«Manchester Siti» Gvardiolani yangi Fergyusonga aylantirmoqchi
«Manchester Siti» rahbariyati keyingi yilning yozida bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga umumiy miqdori 80 mln funtgacha bo‘lgan uzoq muddatli shartnoma taklif etishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi The Telegraph.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kelishuv 4 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shu tariqa, Gvardiola yiliga taxminan 20 mln funt sterling ishlab topadi.
Xabar qilinishicha, «Man Siti» egalari Gvardiola yordamida «Manchester Yunayted»da Aleks Fergyuson davrida bo‘lgani kabi o‘ziga xos «avlod»ni yaratishni mo‘ljallashgan. Eslatib o‘tamiz, Fergyuson «qizil iblislarni» 27 yil davomida boshqardi. «Shaharliklar» bosslarining ishonch bildirishicha, Gvardiola o‘z «avlodini» keyingi 10 yil davomida shakllantirishi hamda ichki va Yevropa arenalarida bir necha sovrinlarni yutib olishi mumkin.
Gvardiola «shaharliklarga» 2016 yilning yozida bosh murabbiy etib tayinlangandi, u uch yillik shartnomaga imzo qo‘ygan.
Mavzuga oid
15:41 / 26.09.2024
APLda yangi dushmanlik boshlanishi. Arteta aslida Gvardiolaning shogirdi emasligi haqida
11:34 / 18.02.2024
«Siti» ochko yo‘qotdi, «Arsenal»da yana 5 ta gol. APLda kun o‘yinlari
11:32 / 14.01.2024
«Siti»da jiddiy yo‘qotish va qiyin g‘alaba, Sanchoda yorqin qaytish. Yevropada kun o‘yinlari
01:08 / 23.12.2023