Oddiy yechim. Saraton xavfini 40 foizga kamaytirish yo‘li topildi
Saraton bilan xastalanish holatlarining qariyb 40 foizini hayot tarzini shunchaki o‘zgartirib oldini olish mumkin, deya ma'lum qilishmoqda avstraliyalik olimlar. Tadqiqot International Journal of Cancer jurnalida e'lon qilindi.
Mahalliy tadqiqotchilar Avstraliyada 2013 yilda qayd etilgan o‘lim holatlari bo‘yicha rasmiy statistikani o‘rganib chiqib, kamida 16 700 ta o‘lim holati, Avstraliyada saraton sabab yuz bergan o‘limlarning umumiy sonidan 38 foizini shunchaki xavf omillari ta'sirini pasaytirish orqali oldini olish mumkin bo‘lgani haqidagi xulosaga kelishdi. Bundan tashqari, saraton bilan kasallanishning 41 mingta yangi holatidan ham qochish mumkin edi.
Shu tariqa, asosiy salbiy omilga chekish aylangan, jumladan, passiv ham – u saraton sabab yuz bergan barcha o‘lim holatlarining 23 foizini keltirib chiqardi. Semizlik, tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘lim holatlarining 5 foiziga olib keldi, yomon ovqatlanish va infeksiyalarda ham xuddi shunday ko‘rsatkich. Mustaqil ravishda ta'sir o‘tkazish mumkin bo‘lgan xavfning boshqa omillari orasida – ultrabinafsha nurlanish (3,2 foiz, 1390 ta o‘lim holati), alkogol (2,4 foiz, 1037 ta o‘lim holati), yetarli darajada jismoniy faollikning yo‘qligi (0,8 foiz, 357 ta o‘lim holati) va gormonal omillar (0,4 foiz, 172 ta o‘lim holati) bor. Ko‘p hollarda qandaydir omilning ta'sir o‘tkazishi boshqalari bilan uyg‘unlashgan bo‘ladi. Demak, kasallik rivojlanishi ehtimolini o‘pka saratoni, ichak saratoni, melanoma, jigar saratoni va oshqozon saratoni holatlarida oldini olishga ko‘proq imkoniyat bor.
«Ko‘plab insonlar o‘zlari uchun saraton rivojlanishi va u tufayli hayotdan ko‘z yumish tahdidini kamaytirishlari mumkin, - deya ishonch bildirishdi tadqiqotchilar. – Hayot tarzidagi hattoki kichik o‘zgarishlar ham har yili saraton sabab vafot etadigan insonlar sonini jiddiy qisqartiradi».
Mavzuga oid
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
19:30 / 12.11.2024