13:40 / 18.12.2017
21857

Ronalduda norozilik uchun yana sabab paydo bo‘ldi

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu barcha futbolchilardan ko‘proq maosh olishni istamoqda va xuddi shu mazmundagi talabni «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peresga bildirmoqchi.

Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «PSJ» yetakchisi Neymarning o‘zidan ko‘proq maosh olishini qabul qila olmayapti. Messi kataloniyaliklar bilan tuzgan yangi shartnomasiga ko‘ra, barcha bonuslar bilan 50 mln yevro ishlab topishi mumkin bo‘ladi. Ronaldu esa beshinchi «Oltin to‘p» uning faoliyatida yanada ko‘proq ishlab topishini talab qilish uchun yetadi.

Ronalduning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, bu degani u «qaymoqranglilar» safida 36 yoshga qadar to‘p surishi mumkinligini bildiradi. Manbalarda yozilishicha, so‘nggi bor shartnoma yangilanganida Ronaldu katta miqdorda pul ishlab topgan, ammo bu uni qoniqtirmayapti va yangi bitim imzolab, eng kamida Messidek maosh olishni istayapti.

Mavzuga oid
Top