16 dekabrda Fransiyaning Lion şahrida noma'lum tadbirkor mamont skeletini 548 ming yevroga sotib oldi. Bu haqda France Press axborot agentligi xabar bergan.
Skelet 10 yil avval Sibirda topilgan. U Aguttes auksion uyida sotuvga qöyilgan.
Skelet 3,4 metr balandlikka, 5,3 metr uzunlikka ega. U yaxşi holatda bölib, unda 80 foiz suyak mavjud.
Strasburglik tadbirkor kompaniyasi logotipida mamont tasviri borligi uçun bu noodatiy xaridni amalga oşirişga qaror qilgan. Tadbirkorning aytişiça, u mamont skeletini ofisi holida joylaştirmoqçi.













