O‘zbekiston | 20:39 / 18.12.2017
24405
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston Havo Yo‘llari»​ yangi reys qatnovini e'lon qildi

Foto: O‘zbekiston Havo Yo‘llari

«O‘zbekiston Havo Yo‘llari» MAK matbuot xizmati kompaniya havo layneri 2018 yil 3 yanvar va 12 yanvar kunlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha parvozlarni amalga oshirishini ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent-Bangkok (HY 8533) hamda Bangkok-Toshkent (HY 8534) yo‘nalishidagi reyslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, parvoz Boeng Dreamliner 787 havo kemasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish jadvalga muvofiq, odatdagi tartibda davom etayotganligi ma'lum qilindi.

«Tuman oqibatida zaxira aerodromlariga yuborilgan barcha qatnovlar belgilangan manzillariga borib qo‘ndi. Qatnovlar kechiktirilgan vaqtda aviayo‘lovchilarga bunday vaziyatlarda ko‘zda tutilgan xizmatlar ko‘rsatildi. 18 dekabrdan boshlab barcha qatnovlar sutkalik parvozlar rejasiga muvofiq bajarilmoqda», deyiladi xabar matnida.

Mavzuga oid