O‘zbekiston | 17:10 / 18.12.2017
14536
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘zining Xalqaro paxta birjasini tashkil etish niyatida

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston paxta tolasi bo‘yicha elektron savdolar uchun o‘zining ixtisoslashtirilgan maydonchasini yaratishni rejalashtirmoqda.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Loyihalarni boshqarish milliy agentligiga Iqtisodiyot vazirligi va «O‘zpaxtasanoat» bilan birgalikda 2018 yilning 1 fevraligacha bunday maydonchani tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasini topshirdi. Uning asosiy vazifalaridan biri - nafaqat mahalliy paxtani sotish, balki boshqa mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlardan paxta sotuvchilarni jalb qilishdir.

Bugungi kunda paxta tolasini sotish butun dunyo miqyosida bir nechta yirik birjalarda taklif etiladigan narx bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston o‘z tolasini eksport qilish uchun sotishda Cotlook Limited (Liverpul paxta birjasi) kompaniyasi kotirovkalaridan foydalanadi.

Hozirda chet ellarga yuborilayotgan o‘zbek paxtasining asosiy qismi bo‘yicha oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tuvchi har yilgi Xalqaro paxta yarmarkasida tegishli shartnomalar imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endilikda to‘qimachilik korxonalari paxtani bevosita fermerlardan sotib olishi, bunda boshqa vositachilar, turli davlat tuzilmalari chetlab o‘tilishi xabar berilgandi.

Bu yil O‘zbekistonda 2,9 million tonnadan ortiq paxta xomashyosi terib olindi.

Mavzuga oid