12:10 / 18.12.2017
52551

Videokuzatuv kameralari uy ichida arvohni tasvirga tushirdi (video)

Avval shifoxona binosi bo‘lgan uyda o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari mehmonxona bo‘ylab harakatlangan arvohni tasvirga tushirdi. Kadrlarda arvoh xona bo‘ylab sekin harakatlanayotgani hamda keyin tuman kabi tarqalib ketganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, uy egasining iddao etishicha, hattoki harakatlarni kuzatishga mo‘ljallangan datchiklar ham ishlab ketgan, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Angliyaning Kent grafligida joylashgan uyning egasi Stiven Li o‘zi yo‘qligida itlarining xatti-harakatini kuzatib turish maqsadida kameralar o‘rnatgan edi. Biroq erkak videoyozuvlarni ko‘zdan kechira turib, g‘alati hodisani payqab qoldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uyda anchadan beri shubhali holatlar yuz beradi, lekin endi video hammasini joy-joyiga qo‘ydi. Xususan, bunga qadar itlar mehmonxonadagi bir nuqtaga qarab, irillashgani ham qayd etilgan.

Top