Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda dunyo bo‘ylab qancha jurnalist halok bo‘lgani ma'lum
Foto: Press Emblem Campaign
2017 yil davomida 28 mamlakatda 97 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Press Emblem Campaign (PEC) nodavlat tashkilotining har yilgi hisobotida shunday ma'lumotlar keltirilgan.
OAV xodimlari uchun eng xavfli bo‘lgan davlatlar orasida birinchi o‘rinni Meksika egallaydi, bu yerda yanvar oyidan beri 14 jurnalist o‘ldirildi. Shuningdek, birinchi beshtalikdan Iroq (9 kishi), Afg‘oniston (8), Hindiston (7) va Pokiston (7) joy olgan.
Oltinchi hamda yettinchi pog‘onani Filippin (6) va Suriya (6) egallab turgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Somali hamda Honduras (4) joy oldi.
Rossiya ham o‘ntalikka kiritilgan. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida bir yil davomida uch nafar jurnalist halok bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, PEC 2008 yildan beri birinchi marta OAV xodimlari o‘rtasida yuz bergan o‘lim holatlari soni 100 dan kamroqni tashkil etganini qayd qildi. Shu bilan birga, qurbonlar orasida ayollar soni oshgan: o‘tgan yili besh nafar ayol jurnalist halok bo‘lgan bo‘lsa, bu yili 16 nafar.
Mavzuga oid
23:46 / 29.11.2025
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga undovchi materiallar OAVda bepul joylashtiriladi
14:10 / 26.11.2025
Urush va OAV: haqiqat qayerda?
17:36 / 08.11.2025
BMT: Dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay qolmoqda
12:30 / 30.09.2025