Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllari tasdiqlandi
“2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur qaror bilan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan 2018 yilda davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 103ta davlat statistika hisoboti shakli tasdiqlandi.
Xususan, unga ko‘ra “Bozorlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorva mollari sotish to‘g‘risida hisobot” shakli bekor qilindi. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida hisobot”, “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot” va “Erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark, paxtachilik-to‘qimachilik klaster tarkibiga kiruvchi tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot” shakllari qo‘shildi, shuningdek, ikkita hisobot shakli birlashtirildi.
Hujjatning to‘liq matni bilan Lex.uzda tanishish mumkin.
Mavzuga oid
13:29 / 19.02.2026
Ijara xizmatlari hajmi oshdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
11:53 / 19.02.2026
O‘zbekistonga arab xurmosini eng ko‘p Eron yetkazib berdi
09:25 / 18.02.2026