258 milliondan ko‘proq. Dunyodagi jami muhojirlar soni ma'lum qilindi
Dunyoda 258 mlndan ko‘proq kishi muhojir hisoblanadi, bu esa sayyoramiz jami aholisining 3,4 foizini tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich ortmoqda. Bu haqda BMTning iqtisodiy va ijtioiy masalalar departamenti hisobotida ma'lum qilindi.
Hisobotga ko‘ra, muhojirlar soni 2000 yilga nisbatan 49 foizga ko‘paygan. 26 mln muhojir yoki jami muhojirlarning 10 foizi qochqin hisoblanadi.
Eng ko‘p muhojirlar – 49,8 mln kishi AQShda yashaydi. Saudiya Arabistoni, Germaniya va Rossiyaning har birida taxminan 12 mln muhojir yashaydi. Buyuk Britaniyada muhojirlar soni 9 mln ni tashkil qiladi.
2017 yil ma'lumotlariga ko‘ra, jami muhojirlarning 48,4 foizini ayollar tashkil qiladi. Ayol muhojirlarning soni Afrika va Osiyodan tashqari, barcha hududlarda erkak muhojirlarnikidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Jami muhojirlarning 74 foizi 20 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan mehnatga layoqatli kishilar hisoblanadi. Umuman olganda, jahonda mehnatga layoqatlilar jami aholining 57 foizini tashkil qiladi.
Eng ko‘p muhojirlar hindistonliklar bo‘lib, ular 17 mln kishini tashkil qiladi. 2-o‘rinni 13 mln muhojir bilan meksikaliklar egallamoqda. Rossiya, Xitoy, Bangladesh, Suriya, Pokiston va Ukrainadan bo‘lgan muhojirlar soni shu davlatlarning har biri uchun 6-11 mln kishini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024