Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan «Abu Saxiy» MÇJ savdo markazida taşkiliy özgarişlar yuz berişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga işonçli manba xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, «bozor ma'muriyatida bir munça özgarişlardan söng (rahbariyat almaşinuviga işora qilmoqda - tahr.) uning nomi ham yangilanişi kutilmoqda». Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan mutasaddi vakilning aytişiça, «jamiyatning yangi nomdagi hujjatlari tegişli idoralardan röyxatdan ötişi bilan ommaga e'lon qilinadi».

Ammo, «Abu Saxiy» MÇJ rahbariyati uşbu xabarga aniq munosabat bildirişdan boş tortib, «özgariş kutilmayotganini» ta'kidladi. Şuningdek, «Toşbozorsavdo» uyuşmasi vakili ham özgarişlarga aniq izoh bermadi.
«Abu Saxiy» uyuşma a'zoligiga kirmaydi, bundan taşqari u xususiy mulk hisoblanadi», deydi mutasaddi xodim.
Ayni paytda, «Abu Saxiy» nomi savdo binosi hamda asosiy darvoza ustunidan olib taşlangan bölib, uning örniga «Toşkent Savdo Markazi» yozuvi örnatilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari esa savdo markazi «Buyuk Ipak yöli» yoki «Toşkent Ipak yöli» nomiga özgarişi haqida yozmoqda.
Ilk marta uşbu bozor bilan boğliq xabarlar 2016 yilning sentabr oyida tarqalgandi. Öşanda «daromadlarni soliqdan yaşiriş» alomatlarini aniqlaş maqsadida bozor faoliyati tekşirilgani aytilgandi. 2017 yil fevral oyida esa bir guruh tadbirkorlar bozor qoşida faoliyat olib boradigan terminal öz işini töxtatib qöygani haqida xabarlarni tarqatgan.











